Madagaskarda harbiylar hokimiyatni qoʻlga oldi, prezident lavozimidan chetlatildi
Madagaskarda harbiylar davlat hokimiyatini qoʻlga olganini va mamlakatni vaqtinchalik harbiy kengash boshqarishini eʼlon qildi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.
Polkovnik Maykl Randrianirinaning maʼlum qilishicha, hokimiyat armiya, jandarmeriya va milliy politsiya vakillaridan iborat harbiy kengash qoʻliga oʻtgan.
“Biz hokimiyatni oʻz qoʻlimizga oldik”, — dedi polkovnik Randrianirina.
Maʼlumotlarga koʻra, mamlakat Konstitutsiyasining amal qilishi toʻxtatildi, barcha davlat organlari — faqat parlamentning quyi palatasidan tashqari — tarqatib yuborildi.
Harbiylar hokimiyatni oʻz qoʻliga olgani haqidagi bayonotdan bir necha daqiqa oldin parlament deputatlari prezident Andri Radzuelinani lavozimidan ozod etish uchun ovoz bergan.
Avvalroq xabar berilishicha, keng koʻlamli norozilik namoyishlari ortidan Andri Radzuelina mamlakatni tark etib, Fransiya harbiy samolyoti orqali mamlakatdan chiqib ketgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring