Pokistonda 5 nafar farzandi bilan qiyin ahvolda qolgan Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

Pokistonda mushkul ahvolda qolgan fuqaro K.I. va uning 5 nafar farzandi Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, fuqaro K.I. Pokistonda boquvchisiz qolgani, turar joy va kundalik ehtiyojlar, xususan oziq-ovqat uchun ham zarur mablagʻga ega emasligini maʼlum qilib, Oʻzbekistonga qaytishi uchun amaliy yordam berishni soʻrab, diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan.
Shundan soʻng, mazkur murojaat elchixona tomonidan alohida nazoratga olinib, ular vaqtinchalik turar joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda kundalik ehtiyojlari uchun mablagʻ bilan taʼminlangan. Shuningdek, oilaning Oʻzbekistonga yetib olishi uchun vatanga qaytish guvohnomalari rasmiylashtirilgan va boshqa turdagi zarur konsullik-huquqiy yordam koʻrsatilgan.
Bundan tashqari, Pokistonning tegishli vazirlik va idoralari mutasaddilari bilan oʻtkazilgan muzokaralar natijasida, ushbu mamlakatdagi viza tartiboti va bu yerda boʻlib turish tartiblari buzilganiga qaramasdan, hamyurtimiz va uning farzandlarini jarima va toʻlovlarsiz davlatdan chiqarib yuborish toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan.
Bildirilishicha, Oʻzbekiston elchixona va Migratsiya agentligi koʻmagida ushbu oilaga “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining “Islomobod-Toshkent” yoʻnalishidagi samolyotiga aviachiptalar olib berilib, ular 27-sentyabr kuni Oʻzbekistonga kuzatib qoʻyilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring