Fargʻonada “Lacetti” tez yordam mashinasi bilan toʻqnashdi

Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida “Lacetti” va tez tibbiy yordam mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, voqea kecha, 25-sentyabr kuni Margʻilon shahri D 087 “Margʻilon shahar-Quva-Marhamat shahar” avtomobil yoʻlining 7-kilometri, “Oʻrda tagi” MFY “Mustaqillik” koʻchasida sodir boʻlgan.
Ushbu hududda harakatlanib ketayotgan “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan “Volkswagen” rusumli tez tibbiy yordam avtomobili bilan toʻqnashgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yoʻl-transport hodisasi oqibatida tez tibbiy yordam mashinasi yoʻlovchisi jabrlangan, unga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring