Xorazmda 7-sinf qiz tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida 7-sinf oʻquvchisi raqqosalik qilayotgani haqidagi videolavhalar keng tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, joriy yilning 16-aprel kuni Urganch shahrida yashovchi 2011-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan qiz tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlanib, tegishli tashkilot vakillari tomonidan Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilgan.
Ushbu holat vakolatli tashkilot vakillari hamkorligida oʻrganilganida Urganch shahridagi 8-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 7-sinfida oʻqigan qiz ota-onasining arizasiga koʻra 2024-yil 24-noyabrda Xorazm viloyati Bolalar masalalari boʻyicha Urganch shahar komissiyasining 162-sonli qarori va ushbu qaror asosida 2024-yil 3-dekabrdagi maktab buyrugʻi bilan oʻquvchilar safidan chiqarilganligi maʼlum boʻlgan.
“Voyaga yetmagan qiz ota-onasi bilan uzoq muddatga doimiy yashash maqsadida 2024-yil dekabr oyida Sankt-Peterburg shahriga amaldagi tartib boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirib chiqib ketganligi, joriy yil fevral oyida Oʻzbekistonga qaytib kelganligi, biroq ota-onasi yoki tegishli tashkilotlar tomonidan bu haqida maktabga xabar berilmaganligi aniqlangan”, — deyiladi munosabatda.
Boshqarmaning qoʻshimcha qilishicha, raqqosalik bilan shugʻullanib kelgan voyaga yetmagan qiz bugungi kunda Xorazm viloyatidagi hech bir maktab roʻyxatida qayd qilinmagan. Mazkur holat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻrganish ishlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring