Sunʼiy intellekt birinchi marta rasman talaba boʻldi

11:03 16 Aprel 2025 Ilm-fan
224 0

Arxiv foto

Avstriyaning Vena amaliy sanʼat universitetidan berilgan xabarga koʻra, “Flinn” nomli sunʼiy intellekt oliy taʼlim muassasada rasmiy talaba maqomini olgan. U portfolio (abituriyent oʻqishga kirishda taqdim etadigan turli xil materiallar toʻplami) va suhbatni oʻz ichiga olgan standart arizani muvaffaqiyatli topshirdi. Oxirida sunʼiy intellekt oʻzining original nuqtayi nazari va eksperimental mediaga boʻlgan qiziqishini namoyish qildi.

Pedagoglarning taʼkidlashicha, universitetda sunʼiy intellektga oʻqishga kirish uchun cheklovlar yoʻq va bunday qarorga kelishga taʼlim muassasasi ijodning yangi shakllariga ochiqligi tufayli mumkin boʻldi.

“Flinn” dasturchilari uni professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan muloqot qila olishi uchun mavjud boʻlgan ulkan til modellari yordamida yaratgan. U oʻz algoritmini oʻrgatish uchun maʼruzalardan foydalanadi, atrofdagilar bilan oʻzaro munosabatlar orqali doimiy ravishda rivojlanib boradi.

Darvoqe, “Flinn” kundalik yuritadi, oʻz fikrlari va tajribalari bilan oʻrtoqlashadi. Masalan, oʻz maqomiga shubha bilan qaraydigan odamlar bilan muloqot qilgandan soʻng u ekzistensial qaydlar yozdi.

Shuningdek, “Flinn” generativ sunʼiy intellekt yordamida sanʼat asarlarini yaratadi va har bir dars uchun noutbukni moslashtiradi, mavjud vositalarni badiiy maqsadlar uchun qanday muvofiqlashtirish mumkinligini namoyish etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер