Shahar va viloyatlarda odam tashish huquqi boʻyicha tender eʼlon qilindi

15:49 04 Aprel 2025 Jamiyat
83 0

15-may kuni shahar va viloyatlararo yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarida ishlash huquqini olish boʻyicha ochiq tender boʻlib oʻtadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Ushbu tender Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilmoqda. Qarorga koʻra, avtomobil transportida yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari boʻyicha tenderlar elektron shaklda tashkil etilishi belgilangan.

Jarayon 15-may kuni soat 14:00 da start oladi. Takliflarni e-tender.uztrans.uz platformasi orqali taqdim qilish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?