Xalqaro tadbir oʻtkazilishi munosabati bilan Samarqanddagi ayrim OTM, texnikum va akademik litseylarga qisqa muddatli taʼtil beriladi

Samarqanddagi ayrim OTM hamda ular huzuridagi texnikum va akademik litseylarga qisqa muddatli taʼtil beriladi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlumot berdi.
Unga koʻra, joriy yilning 4−5-aprel kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi rasmiy sammiti hamda “Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yoʻlida birdamlik” mavzusidagi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur xalqaro tadbirni yuqori saviyada oʻtkazilishi va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida shaharda transport harakatlanishini qisqartirish va cheklash choralari koʻriladi.
Jumladan, 2025-yil 1−5-aprel kunlari Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyi, Samarqand davlat universiteti akademik litseyi hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Siyob jamoat salomatligi texnikumlariga yozgi taʼtil hisobidan qisqa muddatli oʻquv taʼtili beriladi.
Taʼkidlanishicha, mazkur muassasalarda oʻquv jarayonlari 7-aprel, dushanba kunidan boshlanadi. Yuqoridagi oliygoh talabalari uchun qoldirilgan dars mashgʻulotlari yozgi taʼtilning ilk kunlari hisobidan oʻtkaziladi.
Maʼlumot uchun, mazkur xalqaro tadbirlar sabab 3−4−5-aprel kunlari Samarqand shahriga kirish yopilishi rejalashtirilgan. Shaharning ayrim koʻchalarida ham harakatlanish vaqti-vaqti bilan cheklanadi, ular oʻrniga aylanma harakat tashkil etilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring