Fuqaroning qamoq jazosini kamaytirib bermoqchi boʻlgan advokat va yurist qamaladigan boʻldi

12:41 22 Yanvar 2025 Jamiyat
165 0

Foto: Illustrativ

Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati fuqaroga tayinlangan oʻn yillik qamoq jazosini yuqorida ishlaydigan tanishlari orqali kamaytirib berishini aytib, evaziga yirik miqdordagi mablagʻlarni olayotgan vaqtda qoʻlga olingan. Bu haqida OʻzA maʼlum qildi.

Xabarga koʻra, advokat 1999-yilda tugʻilgan shaxsga nisbatan 2024-yilda jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudining hukmi bilan tayinlangan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi boʻyicha hozirda shahar sudining kassatsiya instansiyasida koʻrilayotgan shikoyatni mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni vaʼda qilgan.

Aniqlanishicha, advokat fuqaroga tayinlangan 10 yillik jazoni 4 yil muddatga kamaytirib berish evaziga, har bir yil uchun 5 ming AQSH dollaridan, jami 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador Toshkent shahridagi banklardan birining yuristi ham qoʻlga olingani aytilmoqda.

Aniqlanishicha, bank yuristi prokuratura organlarida ishlovchi qarindoshi orqali yordam berishini aytib advokatdan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan advokat hamda yuristga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasining 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasining 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер