Oʻzbekiston Prezidenti Chexiya Bosh vaziri bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida oʻtayotgan BMTning Iqlim boʻyicha konferensiyasi doirasida Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Petr Fiala bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston-Chexiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va ustuvor yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Chexiya anʼanaviy ravishda mamlakatimizning Yevropadagi muhim hamkori hisoblanadi. Keyingi yillarda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 2 barobar, qoʻshma korxona va loyihalar soni 3 barobar koʻpaydi.
Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirish, tovar ayirboshlashni koʻpaytirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” va aniq loyihalardan iborat sanoat kooperatsiyasi dasturini ishlab chiqish zarurligi taʼkidlandi.
Madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring