Jizzaxda haydovchi uxlab qolishi oqibatida ayanchli YTH yuz berdi

08:35 04 Oktyabr 2024 Jamiyat
225 0

Foto: Surxondaryo viloyati YHXB

Jizzax viloyatida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasida bir nafar fuqaro halok boʻldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, hodisa joriy yilning 2-oktyabr kuni M-39 avtomobil yoʻlining Gʻallaorol tumani hududidan oʻtgan qismida roʻy bergan. 2001-yilda tugʻilgan haydovchi rul boshqaruvi vaqtida uxlab qolishi tufayli Cobalt mashinasi oʻzidan oldinda ketayotgan yuk mashinasining ortidan borib urilgan.

Oqibatda 23 yoshli yigit (haydovchi) ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida halok boʻlgan. Mashinada boʻlgan uch nafar yoʻlovchi ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?