Turkiyada qarovsiz qolib ketgan 3 bola Vatanga qaytarildi

12:39 03 Oktyabr 2024 Jamiyat
239 0

Foto: Istanbuldagi Bosh konsulxona

Turli sabablar tufayli Turkiyaning Istanbul shahrida ota-onasining qarmog‘idan mahrum bo‘lgan uch nafar voyaga yetmagan bola kecha, 2 oktyabr kuni Toshkent shahriga yuborildi.

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qilishicha, 16 yoshli va 6 yoshli 2 nafar qizlar hamda 11 yoshli 1 nafar o‘g‘il bolaning yaqin qarindoshlari amaliy yordam so'rab, murojaat yo'llagan.

Murojaatga asosan Istanbul shahridagi Bosh konsulxona, O‘zbekiston Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamkorligida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida voyaga yetmagan uch nafar bola mas’ul xodimlarning kuzatuvi ostida O‘zbekistonga qaytarilgan.

Shu o‘rinda, ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlarini xorijiy davlatlarda nazoratsiz qoldirmaslik, befarq bo‘lmagan fuqarolardan esa chet elda qarovsiz qolib ketgan bolajonlar to‘g‘risida zudlik bilan O‘zbekiston Respublikasining xorijiy diplomatik vakolatxonalariga xabar berish so‘raladi, deyilgan xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?