Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya rahbari bilan nimalarni muhokama qildi?

17:44 25 Iyul 2024 Dunyo
417 0

Rossiya televideniyesi Suriya prezidenti Bashar Asad Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashganini maʼlum qildi.

Suriyalik siyosatchining Kremldagi aniq missiyasi haqida deyarli maʼlumotlar mavjud emas. Ammo bu uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi ittifoqchilikni koʻrsatib berishi mumkin. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda Asad Yaqin Sharq boʻylab mojarolar kuchayib borayotganidan xavotir bildirgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu keskinlashuvni alohida taʼkidlab, bunday holatlarning Suriyaga bevosita taʼsirini qayd etgan. Bashar Asad ham bugungi kundagi global va mintaqaviy voqealarni inobatga olgan holda ushbu uchrashuvni “juda ahamiyatli” deb atadi.

Kremlga koʻra, uchrashuv chorshanba kuni boʻlib oʻtgan, ammo muhokamalar tor doirada boʻlganligi uchun koʻproq maʼlumot berilmagan.
“Mumkin boʻlgan mavzulardan biri Suriya va Turkiya oʻrtasidagi diplomatik aloqalarni tiklash”, deb yozdi nemis nashri.

Asad ham, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan ham 2011-yilda uzilgan munosabatlarni tiklashdan manfaatdorlik sezayotgani haqida koʻplab xalqaro ekspertlar hamfikrdir.

Putin va Asad Suriyadagi 12-yillik fuqarolik urushi davomida mustahkam ittifoqchilikni saqlab kelgan. Rossiyaning harbiy yordami Asad kuchlariga mamlakatning katta hududlarida nazoratni tiklashda muhim ahamiyatga ega edi. Ularning soʻnggi uchrashuvi bir yarim yil avval boʻlib oʻtgan edi.

Avvalroq, Jo Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzlagandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?