Kreditorlar kredit majburiyati bajarilmaganda, yer uchastkalarini boshqa shaxsga oʻtkazib berishi mumkin
Foto: dzen.ru
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Bu haqda palataning matbuot xizmati xabar berdi.
Qonun loyihasiga koʻra, Yer kodeksi, “Ijara toʻgʻrisida”gi va “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi. Xususan, Yer kodeksining yer uchastkasi ijarasi toʻgʻrisidagi 24-moddasiga oʻzgartirish kiritilib, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berish belgilanmoqda.
Bundan tashqari, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga oʻtkazishga, yaʼni qayta ijaraga berishga ruxsat etilishi ham mumkin.
Ushbu qonun loyihasida keltirilishicha, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kredit olish uchun garovga qoʻyilgan va kredit majburiyati bajarilmagan taqdirda, kreditorlar tomonidan mazkur yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqini yerdan foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi joriy etiladi.
Shuningdek, deputatlar qonun loyihasining qabul qilinishi bilan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslarga berishda turli bahsli mezonlarga tayangan ochiq elektron tanlov oʻrniga shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan elektron onlayn-auksion savdolari joriy etilishini qayd etishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring