Angren IESga yarim milliarddan koʻproq kompensatsiya toʻlovi belgilandi
Ekologiya vazirligi tomonidan “Angren issiqlik elektr stansiyasi” faoliyati tekshirildi va uglerod oksidi belgilangan meʼyordan 4,37 barobar, azot oksidi 7,68 barobardan 15,24 barobargacha yuqori ekanligini maʼlum boʻldi.
Holat boʻyicha 2023-yil 4-choragi va 2024-yil yanvar fevral oylarida atmosfera havosiga tashlanadigan tashlamalar meʼyoridan oshganligi uchun qoʻshimcha ravishda 140,7 mln soʻm kompensatsiya toʻlovi belgilandi. Shuningdek, 2022–2023-yillari korxona faoliyati davomida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun 2022-yil uchun 263,7 mln soʻm va 2023-yil uchun 129,1 mln soʻm kompensatsiya toʻlovi qoʻshimcha ravishda hisoblandi.
Korxonaga nisbatan atmosfera havosiga yetkazilgan zarar uchun jami 533,6 mln soʻm kompensatsiya toʻlovi belgilandi.
Bundan tashqari, tekshiruv ishlariga toʻsqinlik qilgan Angren IES xodimi D.M.ga nisbatan MJtK bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar sudga yuborish uchun tayyorlanmoqda.
Maʼlumot uchun, avvalroq Yangi Angren IES faoliyati tekshirilib, atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli moddalar belgilangan meʼyorlarga nisbatan yuqori ekanligi va chang-gaz tozalash uskunalari talabga javob bermasligi aniqlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring