Nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin boʻlgan 33 ming ota-ona ushbu imtiyozdan foydalanmayapti

12:01 20 Fevral 2024 Siyosat
378 0

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilishda raqamlashtirish hisobiga, oʻrnidan tura olmaydigan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz 2 ming kishiga yordam koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgani qayd etildi.

Masalan, Navoiy shahrida yashaydigan nogironligi bor yolgʻiz ayolni 12 yoshli farzandi maktabga chiqmasdan parvarishlab kelayotgan edi.

Unga ijtimoiy koʻmakchi biriktirilib, uyida xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgani sabab, farzandi maktabga chiqib, oilaning ijtimoiy ahvoli yaxshilanmoqda.

Ijtimoiy himoya tizimi bilan 250 ta xizmat qamrab olingan boʻlsada, mahalladagi aholi ularning yarmidan ham bexabar. Masalan, nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin boʻlgan 33 ming ota-ona ushbu imtiyozdan foydalanmayapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?