“Ziyolilar” loyihasi gʻoliblari munosib taqdirlandi

18:01 28 Avgust 2024 Jamiyat
253 0

Rahmatjon BOBOJONOV/ “Xalq soʻzi”. Mamlakatimizda yil davomida ilm-fan, sport, ijod, ixtiro va ijtimoiy faoliyatda yuqori natijalarni koʻrsatgan yoshlarni birlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish Ziyo Forum fondi tomonidan “Ziyolilar” loyihasi tashkil qilingan.

Kuni kecha poytaxtimizdagi Yangi Oʻzbekiston universitetida ushbu loyiha asosida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Ziyo Forum fondining maxsus komissiyasi tomonidan saralangan 100 nafar faol, tashabbuskor va iqtidorli oʻquvchilarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

— Bu yoshlar yurtimizning faxri, — deydi Ziyo forum fondi direktori Bobur Farmonov. — Ishonchim komil, ularning kelgusida juda katta maqsad va rejalari bor. Bugun gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yoshlarimiz kelgusida oʻz bilim va isteʼdodlarini albatta yurtimiz rivoji yoʻlida sarflashadi.

Tadbir davomida jami 100 nafar oʻquvchiga maxsus sertifikat, “Ziyolilar” toʻplami hamda esdalik sovgʻalari topshirildi. Yoshlar bilan birgalikda tashrif buyurgan mehmonlar eʼtiboriga taniqli sanʼatkorlar va milliy markazlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi havola etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер