Zinapoyadan koʻtarilish inson umrini uzaytiradi
Illyustrativ foto
Zinapoyadan muntazam koʻtarilish hayotdan bevaqt koʻz yumish va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Sharqiy Angliya universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijalari Yevropa kardiologlar jamiyati tomonidan tashkil etilgan “Preventive Cardiology” konferensiyasida taqdim qilindi.
Tadqiqotchilar avval olib borilgan toʻqqizta ilmiy ishga oid dalillarni jamlab, keng koʻlamli meta-tahlil oʻtkazdi. Tahlilga 35 yoshdan 84 yoshgacha boʻlgan 480 479 nafar koʻngillilarning harakatchanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritildi. Ularning yarmidan koʻpi ayollar edi. Tadqiqotda sogʻlom odamlar ham, yurak-qon tomir kasalliklari, masalan, yurak xuruji yoki periferik arteriyalar xastaliklari boʻlgan shaxslar ham ishtirok etdi.
Natijalar zinapoyadan doimiy ravishda koʻtariladigan kishilarda har qanday sababga koʻra oʻlim xavfi bunday faollikdan qochganlarga nisbatan 24 foizga, yurak-qon tomir kasalliklaridan oʻlim ehtimoli esa 39 foizga past boʻlishini koʻrsatdi.
Shuningdek, zinapoyadan muntazam foydalangan odamlar guruhida yurak xuruji, yurak yetishmovchiligi va insult kamroq uchragan.
“Agar sizda lift yoki zinapoya oʻrtasida tanlov boʻlsa, zinapoyani tanlang. Jismoniy faollikning hatto qisqa koʻrinishlari ham foyda keltiradi, zinapoyadan koʻtarilish esa kundalik hayotga kiritish mumkin boʻlgan oddiy va erishiladigan odat”, deb taʼkidlaydi tadqiqotning yetakchi muallifi doktor Sofi Peddok.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring