Juzeppe Verdining “Bal maskarad” operasi premyerasi oʻtkazildi
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilgan Juzeppe Verdining “Bal maskarad” spektakli premyerasi oʻtkazildi.
Sahnalashtirish ustida teatrning katta ijodiy jamoasi va Rossiya Federatsiyasidan taklif etilgan taniqli rejissyor Aleksandr Titel toʻqqiz oydan ortiqroq vaqt davomida mehnat qilishgan.
Orkestrni teatrning bosh dirijori maestro Denis Vlasenko boshqardi. Xoreografiya ustida esa Qoraqalpogʻiston xalq artisti, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Zamir Nurimbetov ishlagan. Teatrning yosh opera solistlari tomonidan ijro etilgan qahramonlar partiyalari, orkestr, xor va balet truppasining betakror ishi asarning bor goʻzalligini namoyon etdi. Spektakl tomoshabinlar tomonidan yuksak eʼtirof va olqishlar bilan qarshi olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring