Jurnalist va blogerlarga rahmat aytaman – Murotjon Azimov

15:56 30 Noyabr 2021 Jamiyat
868 0

Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Murotjon Azimov boshqargan kengaytirilgan yigʻilishda  kredit muammosi, soliq tushumlari, aholi murojaatlari va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish hamda butun dunyoni tashvishga solayotgan oziq-ovqat xavfsizligi masalalari bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga ham oʻz munosabatini bildirdi.

– Jurnalist va blogerlarga rahmat aytaman, eng oʻtkir va dolzarb masalalarni dadil olib chiqmoqda, jamoatchilik va rahbarlar eʼtiborini qaratmoqda,– dedi viloyat rahbari. – Natijada muammolar ijobiy yechim topib, aholi manfaatlariga xizmat qilyapti. Har bir tanqidiy lavha yoki chiqishga tezkorlik bilan javob berilishi, munosabat bildirilishi lozim. Ayrim chiqishlar noxolis boʻlsa, oxirigacha oʻrganib, tezkor raddiya berishni ham tashkil qilish kerak.

Shuningdek, M. Azimov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Chiroqchidagi fuqaro va IIB xodimlari oʻrtasidagi holatni ham oqlamasligini aytib,  “IIB xodimi ogʻir, bosiq va madaniyatli boʻlishi kerak-ku. Mayli, haydovchi aybdor, lekin IIB xodimi bunday paytda aql bilan ish tutishi kerak. Qochsa ham, 1 soatda topish imkoni mavjud hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan davrda”, deya oʻz munosabatini bildirdi.

Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер