JSST jaziramadan saqlanish boʻyicha tavsiyalarini eʼlon qildi
Tahlillarga koʻra, oʻtgan yili kuzatilgan anomal issiq harorat Yevropada 60 000 nafardan ortiq odamning hayotiga zomin boʻlgan. Bu — avval prognoz qilinganidan uch barobar koʻp koʻrsatkich.
Xavotirli jihati, sayyoramizda global isish jarayoni davom etar ekan, mazkur raqamlar yildan yilga ortishi mumkin.
Shu bois Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi jaziramadan saqlanish boʻyicha quyidagi tavsiyalarini eʼlon qildi.
Anomal harorat kuzatilayotgan davrda issiq oʻlkalarga sayohat qilishdan avval ob-havo prognozidan xabardor boʻlib, ehtiyot choralarini koʻrgan holda yoʻlga chiqish zarur.
Jaziramada doim yoningizda salqin suv olib yurishni unutmang. Zarurat boʻlmasa, harorat yuqori soatlarda koʻchaga chiqmaslik va ogʻir jismoniy ishlar bilan shugʻullanmaslik kerak.
Bunday vaziyatda transport vositalarida bolalar va hayvonlarni qoldirish toʻgʻri emas. Iloji boʻlsa, kunduzi kamida ikki-uch soat davomida salqin joyda vaqt oʻtkazgan maʼqul.
Tunda xona derazalarini ochish, kunduzi oftob nurini qaytarish uchun xonalarga pardalar tutish va jarima kunlarda imkon qadar oʻzidan issiq chiqaruvchi elektr moslamalaridan kamroq foydalanish maqsadga muvofiq.
Organizmning suvsizlanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun kuniga yetarli miqdorda suyuqlik isteʼmol qilish juda muhim.
Mutaxassislar, shuningdek, yengil, tabiiy matodan tikilgan va keng liboslar kiyishni, imkon qadar tez-tez salqin dush yoki vanna qabul qilishni, shakarli, alkogolli yoki kofeinli ichimliklardan voz kechishni tavsiya qiladi.
Koʻp vaqtini yolgʻiz oʻtkazadigan yaqinlar, doʻstlar va qoʻshnilar sogʻligʻidan muntazam xabardor boʻlishni yoddan chiqarmaylik. Chunki issiq kunlarda zaif odamlar yordamga muhtoj boʻlishi mumkin.
Anomal harorat taʼsirida oʻzingiz yoki yaqinlaringizda bosh aylanishi, koʻngil aynishi, holsizlik, bosh ogʻrigʻi kabi alomatlar kuzatilsa, shifokorga uchrashing.
Agar atrofingizdagi insonlarda oftob tigʻi tufayli noodatiy belgilar, masalan, xushni yoʻqotish, talvasa, aqldan ozish kabi simptomlar yuzaga kelsa, darhol tez tibbiy yordamga murojaat qilish zarur.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring