JSST qariyb 20 million insonning umriga zomin boʻlgan "COVID-19" bilan bogʻliq muhim yangilikni eʼlon qildi

23:32 06 May 2023 Dunyo
956 0

Foto: Danish Siddiqui / Reuters

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus "COVID-19" virusi tarqalishi sababli global sogʻliqni saqlash tizimida favqulodda vaziyat tugatilganini eʼlon qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytidagi bayonotda aytiladi.

JSST rahbarining maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻylab kamida 20 million kishi koronavirus tufayli vafot etgan. Shifokorlar, hukumat choralari, shuningdek, jamoat xavfsizligi uchun shaxsiy qurbonlik qilishga qaror qilgan odamlar pandemiyani yengishga yordam bergan.

"COVID-19" hozirda ham sogʻliqni saqlash muammosi boʻlib, u endi xalqaro ahamiyatga ega jamoat salomatligi favqulodda holatini tashkil etmaydi", deyiladi JSST bayonotida.

Shu yilning Mart oyida Gebreyesus "SOVID-19" pandemiyasi 2023-yilda tugashiga va shu bilan birga xalqaro favqulodda holat rejimi bekor qilinishiga ishonch bildirgan edi. Uning taʼkidlashicha, hozir dunyo butun pandemiya davridagidan ancha yaxshi holatda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер