JSST nomaʼlum epidemiyaga oldindan jiddiy hozirlik koʻrmoqda

12:37 15 Yanvar 2024 Dunyo
283 0

COVID-19 pandemiyasi insoniyat uchun saboq boʻldi. Hozir koronavirus bilan kurashish tajribasiga egamiz. Ammo qurbonlar koʻp boʻldi va hamon kasallik minglab bemorlar oʻlimiga sabab boʻlmoqda.

Mutaxassislar fikricha, kelgusida boshqa patogenlar ham paydo boʻlishi ehtimoli katta. Atrof-muhitdagi oʻzgarishlar, ekologik muammolar hamda biologik qurollanish avj olishi buning asosiy omili sifatida baholanyapti.

Shu bois JSST ekspertlari “X” xastaligiga jiddiy tayyorgarlik koʻrish tarafdori. Chunki nomaʼlum epidemiyaning istalgan paytda paydo boʻlish xavfi mavjud.

17-yanvar kuni Shveysariyaning Davos shahrida oʻtkaziladigan Jahon iqtisodiy forumida ana shu masala ham muhokamalar markazida boʻladi. Unda JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus, AstraZeneca“ farmatsevtika kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Mishel Demare, tibbiy texnologiyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ”Philips“ kompaniyasi bosh direktori Roy Yakobs va boshqalar ishtirok etishi kutilyapti.

Tadbir saytida qayd etilishicha, “X” kasalligi koronavirusdan 20 barobar xavfliroq asoratlarni keltirib chiqishi mumkin. Shu sababli JSST barcha potensial xavfli patogenlar uchun virusga qarshi preparatlarni oldindan yaratish zarur, degan xulosada.

Klinik sinovlarga imkon qadar tezroq kirishilsa, epidemiya paytida tajribalarning ikkinchi bosqichi uchun ixtiyorimizda dorilar mavjud boʻladi. Shu sababli 2022-yil noyabr oyida JSST nomaʼlum patogenni oʻrganish uchun 300 ga yaqin ekspertlar guruhini tadqiqotlarga jalb qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер