JSST koronavirusni davolash boʻyicha tavsiyalarini yangiladi

12:23 28 Yanvar 2021 Dunyo
1269 0

TASS axborot agentligining xabar berishicha, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirus infeksiyasidan kasallanishning uzoq muddatli davom etishi boʻyicha tavsiyalarni oʻz ichiga olgan yangilangan klinik qoʻllanmani nashr etdi. Bu haqda Jenevada boʻlib oʻtgan brifingda JSST rasmiy vakili Margaret Xarris maʼlum qildi.

“JSSTning Klinik davolash boʻyicha ekspert guruhi yangi maʼlumotlarga asoslanib, oʻz tavsiyalarini yangiladi. Unda ”COVID-19ning surunkali taʼsiriga“ alohida eʼtibor berildi. Odatda sogʻayish muddati ikki hafta boʻlsada, ayrim odamlarda kasallikning ogʻir shakli sakkiz haftagacha davom etmoqda, baʼzilarida esa alomatlar ancha uzoq muddatgacha kuzatilmoqda. Bemorlar haddan tashqari charchoq, doimiy yoʻtal, jismoniy mashqlarni bajara olmaslik, shuningdek, nevrologik va yurak simptomlari kabi alomatlardan aziyat chekmoqda. Ushbu qoʻllanmada bu borada juda koʻp maʼlumotlar mavjud”, deydi M. Xarris.

Uning eslatib oʻtishicha, JSST avval boshdanoq yangi koronavirusning mutatsiyaga uchrashi mumkinligidan xavotirda edi. Shu bois tashkilot mutatsiyani oldini olish uchun virusning tarqalishini kamaytirish boʻyicha choralar koʻrishni tavsiya qilib kelmoqda.

Xarrisning soʻzlariga koʻra, yangi shtammning tarqalishini tezlashgani toʻgʻrisida maʼlumotlar olingan, ammo bu kasallikning yana-da ogʻir kechishini keltirib chiqaradigan dalillar mavjud emas. Shu bilan birga, tarqalishning yuqori darajada boʻlishi kasallanganlar sonining ortishiga va shunga mos ravishda ogʻir bemorlarning koʻpayishiga olib kelishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер