JSST koronavirus va grippga qarshi emlanishni tavsiya qildi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus Jenevada oʻtkazilgan navbatdagi brifingda COVID-19 va grippga qarshi emlanishni tavsiya qildi.
Qayd etilishicha, soʻnggi oylarda dunyo boʻyicha koronavirus tufayli kasalxonada davolanish va oʻlim koʻrsatkichlari ortib boryapti. Qolaversa, qator mintaqalarda gripp mavsumi boshlanmoqda.
Har ikki kasallikning bir vaqtda kuchayishi sogʻliqni saqlash tizimlari uchun ortiqcha yuklamalarni yuzaga keltirishi mumkin. Shu bois hozirdan zarur profilaktik choralar koʻrish talab etiladi.
Chunki mavsumiy gripp har yili 650 ming nafarga yaqin insonning oʻlimiga sabab boʻlmoqda. Oʻz navbatida, bu virus turli surunkali kasalliklarning rivojlanishi uchun qulay muhit yaratishi bilan xavfli.
Shundan kelib, JSST nafaqat COVID-19, balki grippga qarshi emlanishni ham tavsiya qildi.
“Bunga, birinchi navbatda, xavf guruhiga mansub aholi qatlami — homilador ayollar, 6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar, keksa yoshli insonlar (65 yoshdan katta), surunkali kasalliklari bor bemorlar va tibbiyot xodimlari amalga qilishlari maqsadga muvofiq” — deyiladi tashkilot xulosasida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring