JSST koronavirus profilaktikasiga doir ikki yillik dastur ishlab chiqdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti dunyoda koronavirus pandemiyasining oʻtkir bosqichini tugatish va infeksiyaning oldini olishga qaratilgan ikki yillik dasturni eʼlon qildi.
Hujjat 2023-yil apreldan 2025-yil aprelgacha boʻlgan davrga moʻljallangan.
JSST rahbari Tedros Gebreyesusning tushuntirishicha, 2022-yilda qabul qilingan avvalgi dasturda belgilangan ikki strategik maqsad, yaʼni SARS-CoV-2 tarqalishi va oʻlim koʻrsatkichini kamaytirish uchun diagnostika hamda davolash qamrovini kengaytirish masalalari dolzarbligicha qolmoqda.
Shu bois tashkilotning yangi strategiyasida bu ikki maqsad saqlab qolindi va uchinchisi qoʻshildi. Yaʼni uzoq muddatli barqaror profilaktik choralarni koʻrishda mamlakatlarni qoʻllab-quvvatlash koʻzda tutilyapti.
Shuningdek, hujjatda koronavirus asoratlari va davomli COVID bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga alohida eʼtibor qaratilgan. Bunday holatlar koronavirusni yuqtirgan bemorlarning taxminan 6 foizida kuzatilyapti.
JSSTning aprel oyidagi tahliliga koʻra, dunyo aholisining COVID-19ga qarshi toʻliq bosqichda emlanish qamrovi 66 foizni tashkil qilmoqda.
Bu koʻrsatkich tibbiyot xodimlari orasida 89 foiz, keksalar oʻrtasida esa 82 foizga teng. Biroq kam daromadli mamlakatlarda mazkur raqamlar mos ravishda 52 va 35 foizdan iborat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring