JSST: Ikki hafta ichida dunyoda koronavirusga chalinish holatlari 30 foizga koʻpaydi
Foto: Illustrativ foto
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning maʼlum qilishicha, sayyoramizda epidemiologik vaziyat yana murakkablashmoqda.
Xususan, pandemiyaning qayta avj olishi tufayli keyingi ikki haftada COVID-19ni yuqtirish koʻrsatkichlari qariyb 30 foiz oshgan. Bu «omikron» shtammining yangi mutatsiyalari keng tarqalayotgani bilan bogʻliq.
Asosiy oʻsish dinamikasi Yevropa va Amerika mintaqasi mamlakatlari hissasiga toʻgʻri keladi. Ushbu qitʼalarda «omikron»ning BA.4 va BA.5 subvariantlari koʻp uchraydi.
Bundan tashqari, Hindistonda ushbu shtammning yangi — VA.2.75 versiyasi aniqlangan va u ayni paytda mutaxassislarning kuzatuvi ostida.
JSST rahbari oʻz bayonotida emlash kasallikka qarshi eng samarali vosita boʻlib qolayotganini taʼkidlab, hukumatlarni bu boradagi chora-tadbirlarni kuchaytirishga chaqirdi.
“Bu nafaqat bemorlar, balki sogʻliqni saqlash tizimi, iqtisodiyot va butun jamiyat uchun foydalidir” — deb qayd etdi Gebreyesus.
U, shuningdek, maymun chechagi infeksiyasining tarqalish shiddati va koʻlami haqidagi xavotirlarini ham bayon qildi.
Maʼlum boʻlishicha, hozirgacha dunyoning 58 mamlakatida, olti ming nafar kishida ushbu xastalik tasdiqlangan. Epidemiya markazi Yevropada. Jami bemorlarning 80 foizi ushbu mintaqada yashaydi.
Qolaversa, Afrikaning ilgari mazkur infeksiya kirib bormagan hududlarida ham maymun chechagi roʻyxatga olinyapti. Mutaxassislar kelgusida epidemiologik vaziyat yanada yomonlashishi mumkin, degan xulosada.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring