JSST: Dunyoda qizamiq kasalligi keng tarqalmoqda
Foto: Illustrativ foto
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va YUNISEF xavotirli bayonot bilan chiqdi. Unda aytilishicha, dunyoda shu yilning dastlabki ikki oyida qizamiq bilan kasallangan bolalar soni qariyb 80 foizga oshgan.
Tahlillarga koʻra, yanvar va fevral oylarida ushbu xavfli infeksiyani yuqtirganlar soni 17 ming 338 nafarni tashkil etdi. Vaholanki, oʻtgan yili bu koʻrsatkich qariyb 9 ming 700 nafarga teng edi.
Qizamiq eng koʻp tarqalgan davlatlar roʻyxatida Somali, Yaman, Nigeriya, Efiopiya va Afgʻoniston peshqadam. Xususan, soʻnggi 12 oy davomida ushbu mamlakatlarda kasallikning 21 ta yirik epidemiyasi kuzatilgan.
Xalqaro mutaxassislar qizamiq boshqa kasalliklar avj olishiga sabab boʻlishi va millionlab bolalar salomatligiga xavf solishidan jiddiy xavotirda.
Maʼlumotlarda keltirilishicha, bu infeksiyadan koʻproq bolalar va chaqaloqlar aziyat chekadi. Eng yomoni, u gripp, Ebola viruslari va hatto COVID-19dan ham tezroq tarqalish xususiyatiga ega.
Shu bois, JSST, oʻgʻil-qizlarni ushbu xastalikka qarshi emlashga jiddiy eʼtibor qaratish oʻta muhim, degan xulosada.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda har yili 16 yoshgacha boʻlgan bolalarda milliy emlash kalendariga muvofiq, difteriya, shol, koʻkyoʻtal, qoqshol, virusli gepatit V, odam papilloma virusi, zotiljam qizilcha, sil va rotavirusli infeksiya kabi 13 turdagi boshqariluvchi yuqumli kasalliklar qatori qizamiqqa qarshi vaksinatsiya tadbirlari oʻtkaziladi. Xususan, ushbu xastalik boʻyicha epidemiologik va laborator nazorat muntazam olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring