JSST bolalar va yoshlar oʻrtasida yuz berayotgan oʻlim holatlarining asosiy sababini maʼlum qildi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan navbatdagi global hisobot bolalar va yoshlar oʻrtasida yuz berayotgan oʻlim holatlarining asosiy sababi tahliliga bagʻishlandi.
Unda qayd etilishicha, dunyoda har daqiqada ikki kishi yoʻl-transport hodisalari oqibatida hayotdan koʻz yummoqda. Bu holat 5 yoshdan 29 yoshgacha boʻlgan bolalar va yoshlar oʻrtasida sodir boʻlayotgan oʻlim koʻrsatkichlarining asosiy omili boʻlib qolyapti.
Tahlillarga koʻra, 2010-2021-yillar davomida faqat 10 ta davlat yoʻl-transport hodisalaridan oʻlim koʻrsatkichlarini 50 foizdan koʻproq qisqartirishga erishgan.
Ular safida Belarus, Daniya, Yaponiya, Litva, Norvegiya, Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari yetakchi. Shuningdek, yana 35 mamlakatda 30-50 foiz pasayish tendensiyasi kuzatilgan.
Yoʻl-transport hodisalarining eng koʻp soni – 28 foizi Janubi-Sharqiy Osiyo, eng kami – 5 foizi Yevropa mintaqasida qayd etilgan. Har 10 oʻlim holatidan 9 tasi past va oʻrta daromadli mamlakatlarda sodir boʻlmoqda.
Bu kabi halokatlar qurbonlarining 53 foizi yoʻl harakatining “zaif qantashchilari”dir. Ular quyidagilar:
23 foizi — piyodalar;
21 foizi — ikki yoki uch gʻildirakli mototsikl haydovchilari;
6 foizi — velosipedchilar;
3 foizi — elektron skuter kabi mikromobil vositalar boshqaruvchilari.
Yengil avtomashinalar haydovchilarining halok boʻlishi bilan bogʻliq hodisalar esa birmuncha kamaygan va dunyodagi umumiy oʻlim koʻrsatkichining 30 foizini tashkil etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring