Joriy yilgi saylovlar AQSHdagi oxirgi saylov boʻlishi mumkin — Tramp

Foto: AP
AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning fikricha, agar Kamala Xarris gʻalaba qozonsa, boʻlajak prezidentlik saylovlari AQSHdagi oxirgi saylov boʻlishi mumkin.
“...biz gʻalaba qozonishimiz kerak va agar gʻalaba qozonmasak, bu mamlakat doʻzaxga tushadi. Bilasizmi, ular bu bizda boʻladigan soʻnggi saylov boʻlishi mumkinligini aytishadi va men bunga ishonaman, bu bizning oxirgi saylovimiz boʻlishi mumkinligiga ishonaman”, — deya Trampning soʻzlarini keltirmoqda “The Guardian” nashri.
Avvalroq, xuddi shunday fikrni amerikalik milliarder va tadbirkor Ilon Mask ham bildirgandi.
AQSHda prezidentlik saylovlari joriy yilning 5-noyabr kuni boʻlib oʻtadi. AQSHning navbatdagi prezidentligi uchun Demokratik partiyadan vitse-prezident Kamala Xarris, Respublikachilar partiyasidan esa sobiq prezident Donald Tramp kurash olib boradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring