Joriy yildan boshlab klasterlar paxtaga talabi va narx taklifini birjaga qoʻyadi

Tashqi bozordagi kuchli raqobat, logistikadagi qiyinchiliklarga qaramasdan, bu yil eksportni 30 milliard dollardan oshirish zarurligi qayd etildi.
Oʻzimizda xom ashyosi boʻlgan toʻqimachilik, elektrotexnika kabi “drayver” tarmoqlarda bor imkoniyat toʻliq ishga solinmayotgani koʻrsatib oʻtildi. Kreativ yondashuvlardan foydalanib, bu tarmoqlar eksportini 2-3 karra oshirish imkoniyati borligi taʼkidlandi.
Shu bois, bu ikkita drayver tarmoqni rivojlantirish, eksportga ishlayotgan korxonalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash katta qaror loyihasi tayyorlandi.
Xususan, eksportchilarni aylanma mablagʻ bilan taʼminlash uchun alohida Faktoring tashkiloti ochilib, unga 100 million dollar ajratiladi. Korxonalarning xalqaro sertifikat talablariga moslashish xarajatlarining 20 ming dollargacha qismi qoplab beriladi.
Rivojlanish va tadqiqot markazlari uchun olib kelinadigan laboratoriya jihozlari bojxona bojlaridan ozod qilinadi. Xalqaro marketpleyslar orqali mahalliy mahsulotlarni ilgari surish uchun 2 million dollar yoʻnaltiriladi.
Mutasaddilarga har bir tarmoqning tashqi bozorlardagi imkoniyatini tahlil qilib, uch yillik eksport strategiyasini ishlab chiqish topshirildi.
Paxta yetishtirish va qayta ishlashda qoʻshimcha bozor mexanizmlari joriy qilinishi belgilandi.
Joriy yildan boshlab klasterlar paxtaga talabi va narx taklifini birjaga qoʻyadi, fermerlar esa oʻziga maʼqulini tanlab, fyuchers shartnomasini tuzadi.
Imtiyozli kredit olmay, oʻzi paxta yetishtirgan fermerlarga birjada sotgan paxtasini 10 foizi miqdorida subsidiya beriladi.
Imtiyozli kreditni yil yakunigacha toʻliq qaytargan fermerlarga kreditning 4 foizi qaytarib beriladi. Ularga kredit foizi amalda 10 foizdan 6 foizga tushadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring