Joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun rejadagi 650 milliard soʻmga qoʻshimcha ravishda 200 milliard soʻm ajratiladi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Prezidentimiz nomzodning taqdimotidagi takliflarni qoʻllab-quvvatlab, ular yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga Qoraqalpogʻistonda qoʻshimcha imtiyoz va yengilliklar berish boʻyicha aniq topshiriqlar berdi.
Jumladan, Qoraqalpogʻistonda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida:
— hudud uchun foyda soligʻi stavkasini 15 foizdan 7,5 foizga tushirish;
— aylanma soliq stavkasini Nukus shahrida 4 foizdan 2 foizga, tumanlarda 2 foizdan 1 foizga, olis hududlarda esa 1 foizdan 0,5 foizga pasaytirish;
— mol-mulk va yer soligʻi stavkalarini 2 baravarga kamaytirish boʻyicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Bundan tashqari, joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun rejadagi 650 milliard soʻmga qoʻshimcha ravishda 200 milliard soʻm ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring