Joriy yilda 832 ta taʼlim obyektlarida qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi taʼlim tashkilotlarida olib borilayotgan qurilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilda tegishli dasturlar hamda xalqaro mablagʻlar hisobidan umumiy hisobda 832 ta taʼlim tashkiloti obyektlarida qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bildirilishicha, hozirga qadar 493 ta umumtaʼlim maktabi, 9 ta ixtisoslashtirilgan maktab hamda 330 ta maktabgacha taʼlim tashkilotida qurilish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlari amalga oshirilgan.
Xususan, maktablarda 43 ta yangi qurilish, 371 ta rekonstruksiya, 88 ta mukammal taʼmirlash, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 103 ta yangi qurilish, 191 ta rekonstruksiya, 36 ta mukammal taʼmirlash ishlari bajarilgan.
Buning natijasida maktablarda qoʻshimcha 141,5 mingta oʻquv oʻrni yaratilib, mavjud 92,4 ming oʻrinli binolar mukammal taʼmirdan chiqarilgan. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 17,4 mingta yangi bola oʻrni tashkil etilib, 27,8 ming oʻrin rekonstruksiya qilingan hamda 6,5 ming oʻrinli binolar taʼmirlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring