Joʻra Teshaboyevning “Oʻzbek kinoekrani afsonasi” nomli kitobi nashr etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti “Kino va televideniye” boʻlimi yetakchi ilmiy xodimi, sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor Joʻra Teshaboyevning “Oʻzbek kinoekrani afsonasi” nomli kitobi nashr etildi.
Mazkur kitob oʻzbek kino sanʼati tarixida oʻchmas iz qoldirgan, qator yorqin va rang-barang obrazlari bilan millionlab tomoshabin qalbini zabt etgan, yuksak iqtidorli, joʻshqin, mahoratli aktyor Asad Ismatovning betakror ijodiga bagʻishlangan.
Muallif uning ijrosidagi eng esda qolarli rollari tahlili orqali A.Ismatov fenomenining oʻzbek kino ekrani yuzaga kelishi va rivoj topishidagi muhim va ahamiyatli oʻrnini bayon etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring