Jonatan Xenik AQSHning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tasdiqlandi

12:15 29 Iyul 2022 Siyosat
897 0

Foto: Arxiv surat

Jonatan Xenik amaldagi elchi, AQSHning Qozogʻistondagi elchisi lavozimida faoliyatini davom ettiradigan Deniyel Rozenblyum oʻrniga keladi.

Jonatan Henik — AQSH diplomatik xizmatining yuqori lavozimli amaldori. Oʻtgan yildan beri u Milliy mudofaa universiteti qoshidagi Axborot va kibermakon kollejida AQSH Davlat departamenti kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Ilgari u Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari byurosida Davlat kotibi yordamchisining oʻrinbosari lavozimida ishlab, Markaziy Osiyo davlatlari boʻyicha masʼul boʻlgan. U rus, portugal, turk va ozarbayjon tillarini biladi.

Xenik “AQSH manfaatlarini ilgari surish va Oʻzbekiston bilan strategik sherikligimizni mustahkamlash, ikki tomonlama xavfsizlik, xalqlar va iqtisodiy aloqalarimizni mustahkamlash hamda demokratik qadriyatlarni ilgari surish”ga intilishini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер