Jo Bayden va Kamala Xarris “Yil odami” deya eʼlon qilindi

13:04 11 Dekabr 2020 Dunyo
875 0

Fotо: Getty Images

AQSHda oʻtgan prezident saylovlarida gʻolib chiqqani aytilayotgan Jo Bayden hamda vitse-prezident etib saylangan Kamala Xarris "Time" jurnalining dastlabki maʼlumotlariga koʻra “Yil odami” deya eʼlon qilindi.

Baydendan tashqari, oldin eʼlon qilingan qisqa roʻyxatga AQSHning amaldagi yetakchisi Donald Tramp, AQSHning yuqumli kasalliklar boʻyicha bosh mutaxassisi Entoni Fauchi tibbiyot xodimlari bilan birga, shuningdek, “Irqiy tengsizlik kurashchilari” harakati ham kiritilgan.

2019-yilda shvetsiyalik 16 yoshli ekologiya faoli Greta Tunberg “Yil odami” deb topilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?