Jizzaxga Xitoydan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
Foto: Transport vazirligi
Jizzax shahriga Xitoydan 30 ta yangi “Zhongtong” avtobusi olib kelindi. Yil yakuniga qadar yana 60 ta avtobus olib kelish rejalashtirilgan. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyatda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi “Jizzax Oriyent Trans” XK tomonidan XXRda ishlab chiqarilgan 30 dona zamonaviy “Zhongtong” rusumli avtobuslar keltirilgan.
Mazkur avtobuslar endilikda Jizzax shahridagi 3 ta yangi yoʻnalishga brutto-shartnomasi asosida joylashtiriladi.
- 1-yoʻnalish: 107-sonli Zilol MFY—Nurafshon MFY yoʻnalish
- 2-yoʻnalish: 110-sonli Soʻgʻdiyona MFY—Uchariq MFY yoʻnalish
- 3-yoʻnalish: 113-sonli Jizzax ASHB—Tovar XAB yoʻnalish
“Hududlarda aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida zamonaviy harakat tarkiblari (yangi avtobuslarni) olib kelish ishlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Xususan, joriy yil yakuniga qadar viloyatga yana 60 ta avtobus olib kelish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring