Jizzaxdagi yaylovlardan samarali foydalanish boʻyicha uch yillik dastur ishlab chiqiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida oʻtayotgan Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida M-39 magistral yoʻlining Jizzax hududidan oʻtgan 98 kilometr qismida yoʻlovchi va haydovchilarning xavfsiz harakatlanishi uchun sharoitlarni yaxshilash topshirildi.
Jizzax shahri markazidagi “Istiqlol” bogʻi, unga tutash Sangzor daryosi boʻyidagi yerlar uzoq yillardan buyon qarovsiz yotgan edi. Yil boshida 24 milliard soʻm ajratilgani natijasida bu yerlarning qiyofasi butunlay oʻzgarib, odamlar hordiq chiqaradigan maskanga aylandi.
Kelasi yil Sangzor daryosini tozalash, suv bilan toʻldirish, piyodalar oʻtish koʻprigi va amfiteatr qurish uchun yana 20 milliard soʻm berilishi belgilandi.
M-39 va A-376 xalqaro yoʻllarning 150 kilometri Jizzaxdan oʻtgani yoʻl boʻyi servisini rivojlantirish uchun katta imkoniyat ekani koʻrsatib oʻtildi. Magistral yoʻl boʻyida alohida yoʻlakdan kiriladigan, Yevropa standarti boʻyicha 2 tadan savdo-servis majmuasini ishga tushirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, M-39 magistral yoʻlining Jizzax hududidan oʻtgan 98 kilometr qismida yoʻlovchi va haydovchilarning xavfsiz harakatlanishi uchun sharoitlarni yaxshilash topshirildi.
Prezidentimiz qishloq xoʻjaligiga alohida eʼtibor qaratdi.
Viloyatdagi jami 900 ming gektar lalmi va yaylov yerlarining 110 ming gektari zaxirada turgani, ularda ozuqa, moyli ekinlar ekish va sanoat bogʻlarini yaratish orqali kamida 20 ming odamni ishli qilish mumkinligi taʼkidlandi.
Jizzaxdagi yaylovlardan samarali foydalanish boʻyicha uch yillik dastur ishlab chiqish topshirildi.
Shu bilan birga, keyingi yildan yaylovlarda yer egalari yuqori daromadli ekinlar ekib, yerdan maqsadli foydalansa, ularga yer soligʻi 2 karra kamaytirib beriladi.
Shuningdek, viloyatdagi koʻplab chorvador va fermerlar ozuqa va meva-sabzavot yetishtirishda suv nasosiga sarflangan elektr uchun subsidiyani har oyning boshida toʻlab berishni soʻragan.
Mutasaddilarga butun respublikada ushbu subsidiyalarni oy boshida beradigan tizim qilish muhim ekani koʻrsatib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring