Jizzaxda jismoniy faollikka bagʻishlangan marafon oʻtkazildi

Rustam NURMATOV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va aholining jismoniy faolligini oshirish ustuvor yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Sport bilan muntazam shugʻullanish, toʻgʻri ovqatlanish, har bir fuqaro kun davomida kamida 5000 qadam yurishi yuzasidan keng qamrovli tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Jizzax shahar hokimligi, shahar sport boʻlimi hamda sogʻliqni saqlash tashkilotlari hamkorligida “Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida marafon tashkil etildi. Marafon doirasida “Assalom tong” nomli toʻgʻri nafas olish mashqlari bajarildi, jismoniy faollikni ommalashtirishga qaratilgan chiqishlar namoyish qilindi.
Eʼtiborga molik jihati shundaki, 17–20-aprel kunlari Jizzax shahrida boʻlib oʻtayotgan “Asian Cup” oʻzbek jang sanʼati musobaqasiga 14 davlatdan tashrif buyurgan sportchilar ham marafonga qoʻshildi. Bu esa tadbirga xalqaro ruh bagʻishlab, sogʻlom turmush tarzi barcha uchun umumiy qadriyat ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Shunday keng qamrovli va ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlar aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarziga boʻlgan qiziqishni yanada oshirib, jismoniy faollikni kundalik hayotning ajralmas qismi sifatida qabul qilishga xizmat qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring