Jizzaxda ohak ishlab chiqarish sexi 4,6 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalandi

16:18 03 Sentyabr 2025 Jamiyat
104 0

Foto: Oʻzenergoinspeksiya

Jizzax shahrida ohak ishlab chiqarish sexi 4,6 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, inspeksiyaning Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va gaz taʼminoti korxonasi bilan hamkorlikda nazorat tadbir oʻtkazgan. Unda Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro D.M. xonadonida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, fuqaro D.M. oʻz xonadonida ohak ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, gaz taʼminoti tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan hisoblagichdan oldin rezina shlang orqali tarmoqqa ulanib olgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz taʼminoti korxonasiga 4 milliard 691 million soʻmlik zarar yetkazilgan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер