Jizzaxda maktabgacha ta’limga ehtiyoj 100 foizga qoplanadi — Shavkat Mirziyoyev

13:07 27 Iyun 2023 Jamiyat
373 0

O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida kelgusi yetti yilda ta’limni rivojlantirishga oid rejalar haqida to‘xtaldi.

“400 ta yangi bog‘cha tashkil etish hisobiga, viloyatda maktabgacha ta’limga ehtiyoj to‘liq – 100 foizga qoplanadi.

2030 yilga qadar, yangi maktablar qurish, mavjudlarining quvvatini oshirish, shuningdek, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash hisobiga qo‘shimcha 75 ming o‘quvchi o‘rni yaratiladi. 

Natijada, birorta tumanda 30 nafardan ko‘p bola o‘qiydigan maktab sinflari qolmaydi (hozirda bunday sinflar soni 1 mingta).

Bunda, barcha maktablar zamonaviy kompyuter sinfi, interaktiv doska va o‘quv laboratoriyasi bilan jihozlanadi.

Barcha bog‘cha va maktablarda o‘g‘il-qizlarimiz uchun filtrlangan ichimlik suvi ta’minoti yo‘lga qo‘yiladi”, – dedi nomzod.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?