Jizzax viloyatida yoshlarga doir siyosati boʻyicha qonunchilik ijrosi yuzasidan tadbirlar oʻtkazildi
Joriy yilning 27 noyabr kuni Oliy Majlis Senati aʼzolari N. Pardayev, X. Ermatov va J. Bobanazarova tomonidan Jizzax viloyatida yoshlarga doir siyosati boʻyicha qonunchilik ijrosi yuzasidan tadbirlar oʻtkazildi. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar va ularning ahamiyatini yoshlar oʻrtasida keng tushuntirildi.
Uchrashuvlar davomida senatorlar viloyatda yoshlar siyosati ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati, yoshlar manfaatlariga qaratilgan islohotlar, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar haqida batafsil maʼlumot berdilar.
Tadbirlarda, xususan, yoshlarning mehnat bozorida munosib oʻrin egallashlarini taʼminlash boʻyicha Yoshlar bandligi dasturi doirasida koʻrilayotgan amaliy choralar, erishilayotgan natijalar, yutuqlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar alohida taʼkidlab oʻtildi.
Senatorlar yoshlarning bandligini oshirish, tadbirkorlikka keng jalb qilish, ularning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qilayotgan dastur va tashabbuslarning ahamiyatini qayd etdi.
Tadbir ishtirokchilari yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, davlat tomonidan koʻrsatilayotgan qoʻllab-quvvatlash choralari yuzasidan oʻz fikr-mulohazalari va takliflarini ham bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring