Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filialida «Vasiylik kengashi» ochildi

Foto: «Xalq soʻzi»
Said DONISHEV/«Xalq soʻzi». Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Qozon (Volgaboʻyi) federal universiteti rektori Lenar Safin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Muloqotda universitet rektori Lenar Safin, oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Yekaterina Turilova va uning Jizzaxdagi filiali rahbarlari hamda viloyat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filialida «Vasiylik kengashi» ochish boʻyicha kelishuv imzolandi.
«Vasiylik kengashi» raisi etib viloyat hokimi Ergash Saliyev tayinlandi. Rektor Lenar Safin Kengash raisi oʻrinbosari boʻldi.
Vasiylik kengashining vazifasi filial faoliyatini tizimli va samarali tashkil etish, taʼlim jarayonida ijtimoiy sheriklik tamoyillarini amalga oshirish, taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish, malakali mutaxassislarni jalb qilish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat.
Shuningdek, filialda talabalarni taʼlim olish, darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun fan toʻgaraklari, zaruriy moddiy-texnik bazasi taʼminotini yoʻlga qoʻyish, talabalar turarjoylarida yashash sharoitlarini yaxshilash uchun tegishli chora-tadbirlarini belgilash ham nazarda tutilgan.
Bundan tashqari uchrashuv davomida Qozon (Volgaboʻyi) federal universiteti bilan hindistonlik investorlari oʻrtasida alohida kelishuv memorandumi ham imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring