Jennifer Lopesning Toshkentdagi konserti tufayli ayrim koʻchalar mashinalar uchun yopiladi

11:55 07 Avgust 2025 Jamiyat
131 0

Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan Jennifer Lopesning konserti tufayli ayrim koʻchalarda mashinalar harakati toʻliq toʻxtatiladi. Bu haqda IIBB YHXB matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, 7-avgust kuni poytaxtimizning Chilonzor tumanida joylashgan Bunyodkor stadionida xonandasi Jennifer Lopesning konserti boʻlib oʻtishi munosabati bilan tumanning ayrim koʻchalarida soat 12:00 dan 23:00 ga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida avtotransport vositalari harakati toʻliq cheklanadi.

Bu koʻchalar:

— Choʻponota — Qatortol koʻchalari chorrahasidan, Choʻponota koʻchasi boʻylab, Choʻponota va Chilonzor koʻchalari kesishgan chorrahasigacha boʻlgan qismi;

— Chilonzor — Choʻponota koʻchalari chorrahasidan Chilonzor koʻchasi boʻylab, Chilonzor — KXAY koʻchalari kesishgan chorrahasigacha boʻlgan qismi;

— Bunyodkor ikkinchi darajali koʻchasi: KXAYdan — Choʻpon ota koʻchasigacha boʻlgan qismi.

“Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va aylanma va yondosh koʻchalardan harakatlanishni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, konsertga yetib borish uchun bepul avtobuslar harakati tashkil etilgan. Bunda “City Mall” savdo koʻngilochar majmuasi, “Hyatt Regency” mehmonxonasi hamda “Humo Arena” muz saroyi old maydonlaridan soat 16:00 dan boshlab maxsus avtobuslar toʻxtovsiz qatnovni amalga oshiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер