Qidiruvda boʻlgan uch nafar oʻzbekistonlik Turkiyada qoʻlga olindi
Jinoyat sodir etgan va qidiruvda boʻlgan uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi Turkiyada qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Turkiya va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda boʻlgan Sh.M. qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi.
Konsulxona jabrlangan fuqarolarga Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalariga, shuningdek Istanbuldagi Bosh konsulxonaga murojaat qilishni tavsiya etdi.
Shuningdek, soliq yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlagan va bojxona qonunchiligini buzganlikda ayblanib qidiruvda boʻlgan yana ikki nafar shaxs — X.B. va S.X. ham Turkiyada qoʻlga olinib, Oʻzbekiston tergov organlariga topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring