JCh–2026 chiptasiga ega muxlislar viza suhbatida ustuvorlikka ega boʻladi — Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp 2026-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatiga keluvchi muxlislar uchun maxsus viza imtiyozlari joriy etilganini maʼlum qildi. Unga koʻra, FIFA orqali rasmiy ravishda chipta sotib olganlar AQSh elchixonalaridagi viza suhbatlari uchun ustuvor navbat oladi.
Bu tizim xorijiy futbol muxlislari orasidagi uzoq kutish vaqtlarini qisqartirishga xizmat qilishi koʻzda tutilgan. Ustuvor suhbatlar 2026-yil boshlaridan ochilishi kutilmoqda.
Trampning aytishicha, Davlat departamenti va Xavfsizlik departamenti chempionat davomida AQShga keladigan millionlab muxlislarni “tegishli tartibda tekshirish va qulay kirish imkonini yaratish” ustida ishlamoqda. JCh–2026 AQSh, Meksika va Kanada hamkorligida oʻtadi va har uchala mamlakatga katta iqtisodiy foyda keltirishi kutilmoqda.
FIFA prezidenti Janni Infantino ham Oq uydagi uchrashuvdan soʻng xavfsizlik chempionat muvaffaqiyati uchun eng asosiy omil ekanini taʼkidladi. Tramp boshchiligidagi Oq uy maxsus ishchi guruhi turnirning logistika va xavfsizlik ishlarini muvofiqlashtirish bilan shugʻullanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring