Janubiy Koreyada parranda grippi sabab deyarli 6 million tovuqlar yoʻq qilinadi

01:04 15 Dekabr 2020 Dunyo
1326 0

Fotо: Getty Images

Janubiy Koreya hukumati mamlakatning parrandachilik fermalarida yuqori patogenli parranda grippi tarqalishining 13 holatini tasdiqladi.

Maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi holat Seul yaqinidagi Kimpxo shahrida roʻyxatga olingan.

“Virus tarqalishining oldini olish maqsadida hukumat 5,8 million parrandani yoʻq qilishga qaror qildi. Oʻtgan shanba kuni barcha parrandachilik fermalarida rejadan tashqari dezinfeksiya ishlari olib borildi, shuningdek, xodimlar, transport vositalari hamda parrandalar bilan bogʻliq har qanday harakatlanishga 48 soatlik taqiq joriy etildi”, deya maʼlum qilmoqda mamlakat Qishloq xoʻjaligi vazirligi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, virus mamlakat boʻylab yovvoyi koʻchib yuruvchi qushlardan tarqalmoqda.

Avvalroq infeksiya tarqalashi Cholla-Namdo va Cholla-Pukto, Kyongido, Chxunchxon-Pukto hamda Kyonsan-Pukto provinsiyalarida qayd etilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?