Janubiy Koreyada noqonuniy yurgan oʻzbekistonliklar uchun “yashil yoʻlak” orqali mamlakatdan chiqib ketish muddati uzaytirildi
Migratsiya agentligi Koreya Respublikasi hududida nolegal boʻlib turgan fuqarolarni ogohlantirdi.
Unga koʻra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Seuldagi vakolatxonasi va Koreya Adliya vazirligi oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralar natijasida imzolangan hujjatga koʻra, 30-noyabr kuni tugashi lozim boʻlgan “yashil yoʻlak” loyihasi 2025-yilning 31-yanvar kunigacha uzaytirildi.
Koreyada noqonuniy ishlab, yashab yurgan shaxslar:
1 oydan kam boʻlsa 1,000,000 von (716$)
1 oydan 3 oygacha 1,500,000 (1074$)
3 oydan 6 oygacha 2,000,000 (1432$)
6 oydan 1-yilgacha 4,000,000 (2864$)
1-yildan 2-yilgacha 7,000,000 (5012$)
2-yildan 3-yilgacha 10,000,000 (7160$)
3-yildan 5-yilgacha 20,000,000 (14321$)
5-yildan 7-yilgacha 25,000,000 (17902$)
7-yildan koʻp boʻlsa 30,000,000 (21482$) miqdorida jarima toʻlaydi.
“Koʻrsatilgan muddat ichida Koreyani ixtiyoriy tark etsangiz:
▪️ yuqoridagi jarimalardan ozod etilasiz;
▪️ keyinchalik Koreyaga qayta kirishingiz yengillashadi.
Ushbu muddat tugaganidan soʻng fuqaro Koreyada yana qoladigan boʻlsa, Migratsiya agentligi tomonidan shartnoma bandlariga koʻra fuqaro yoki uning kafiliga nisbatan:
▪️katta miqdorda jarima; (har bir oyi uchun 2000$)
▪️Koreya tomonidan qayta kirishga taqiq qoʻllaniladi“, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring