Janubiy Koreyada “DeepSeek” ilovasining yuklab olinishi toʻxtatildi
Janubiy Koreyaning shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha agentligi (PIPC) Xitoyning sunʼiy intellektga asoslangan “DeepSeek” ilovasi mamlakatda vaqtincha bloklanganini eʼlon qildi. Ushbu qaror ilova maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha mamlakat qonunlariga toʻliq rioya qilmagani aniqlangach, kuchga kirdi.
Rasmiylarga koʻra, “DeepSeek”ning yuklab olinishi toʻxtatilgan boʻlsada, biroq ilovaning veb-xizmati hali ham foydalanish uchun ochiq qolmoqda. PIPC taʼkidlashicha, ilova Janubiy Koreya qonunlariga mos keladigan oʻzgarishlarni amalga oshirgandan soʻng uning faoliyati qayta tiklanishi mumkin.
Xitoy tomonidan ommaga taqdim etilgan “DeepSeek” startapi oʻtgan hafta Janubiy Koreyada oʻzining rasmiy yuridik vakillarini tayinlagan va mamlakat qonunlariga toʻliq rioya qilmaganini qisman tan olgan. PIPC xabariga koʻra, kompaniya shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilishga oid ayrim jihatlarni eʼtibordan chetda qoldirgan.
“DeepSeek”ning shaxsiy maʼlumotlar bilan bogʻliq muammolari faqat Janubiy Koreyada emas, balki Yevropada ham kuzatilgan. Oʻtgan oy Italiya shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha agentligi — “Garante DeepSeek”ning chatbot xizmatlarini mamlakatda bloklash qarorini eʼlon qilgan edi. Ushbu chora kompaniyaning maxfiylik siyosati boʻyicha tartibga soluvchilarning talablarini bajarmagani sababli qabul qilingan.
“DeepSeek” hozircha ushbu masala yuzasidan rasmiy izoh bermagan. Shu bilan birga, Janubiy Koreya hukumatining ilgari “DeepSeek”ni bloklash boʻyicha harakatlariga Xitoy tashqi ishlar vazirligi oʻz munosabatini bildirgan.
Shuningdek, Xitoy hukumati hech qachon biror kompaniya yoki jismoniy shaxsdan qonunni buzgan holda maʼlumot toʻplashni yoki saqlashni talab qilmasligini bildirgan. Shu sababli, “DeepSeek” ilovasining kelajakdagi taqdiri Janubiy Koreya qonunchiligiga mos oʻzgartirishlarga bogʻliq boʻlishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring