Janubiy Koreya Ukraina uchun qurol-yarogʻ berishni muhokama qilmoqda

16:25 22 Oktyabr 2024 Dunyo
196 0

Foto: Reuters

Janubiy Koreya, agar Pxenyan va Moskva harbiy aloqalarni yoʻlga qoʻyishda davom etsa, Ukrainaga qurol yetkazib berish boʻyicha muzokaralarni qayta boshlashi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Janubiy Koreya Pxenyan Moskvaning Ukrainaga qarshi urushini qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻshin yuborganini rad etganiga qaramay, Rossiya va Shimoliy Koreya oʻrtasidagi harbiy hamkorlikka qarshi choralar koʻrishni maʼlum qildi.

Seul rasmiylari seshanba kuni Rossiya va Shimoliy Koreya oʻrtasidagi ittifoq xalqaro tahdid ekanligini aytdi va Janubiy Koreya oʻz ittifoqchilari bilan Ukrainani qurol-yarogʻ bilan taʼminlash kabi qarshi choralarni amalga oshirishda ishlashga vaʼda berdi.

Janubiy Koreya dushanba kuni Rossiya elchisini chaqirib, shimolni Ukrainadagi Moskva kuchlari bilan birga jang qilish uchun 1500 askar yuborganlikda aybladi. Shimoliy Koreya Seulning daʼvosini “asossiz mish-mishlar”, deb rad etdi.

“Rossiyaning Ukrainadagi noqonuniy bosqinchilik urushiga qoʻshin joʻnatish nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro hamjamiyat uchun ham xavfsizlikka jiddiy tahdiddir. Shimoliy Koreya jangovar qoʻshinlari kiritilgandan soʻng, hukumat bosqichma-bosqich qarshi choralarni amalga oshiradi”, — dedi Janubiy Koreya Milliy xavfsizlik kengashi.

Prezident Yun Suk Yol idorasining yuqori lavozimli rasmiysi diplomatik, iqtisodiy va harbiy choralar tayyorlanayotganini aytib, Janubiy Koreya Kiyevga qurol yubormaslik haqidagi avvalgi qarorini qayta koʻrib chiqishi mumkinligini maʼlum qilgan.

Seul baʼzi Gʻarb davlatlari va Kiyev tomonidan qurollar bilan taʼminlash uchun bosim ostida boʻlgan. Biroq ular noharbiy yordam masalalari, jumladan minalardan tozalash uskunalariga eʼtibor qaratgan.

“Biz mudofaa maqsadlarida qurol yetkazib berishni bosqichma-bosqich ssenariylarning bir qismi sifatida koʻrib chiqamiz va agar ular bu ishini davom ettirsa, hujumkor qurollanishni ham koʻrib chiqishimiz mumkin”, — degan rasmiy jurnalistlarga.

Shimoliy Koreya soʻnggi oylarda Rossiya kuchlarini qurol-yarogʻ bilan taʼminlagani haqida Janubiy Koreya va AQSHning ayblovlarini rad etdi.

“Rossiya bilan harbiy hamkorlik deb ataladigan narsaga kelsak, mening delegatsiyam bu kabi asossiz, qolipga aylangan mish-mishlarga izoh berishga hojat sezmayapti”, — dedi Shimoliy Koreya vakili BMT Bosh Assambleyasi doirasidagi qoʻmita yigʻilishida.

Rossiya Pxenyanning qoʻshin kiritganini tasdiqlamadi, biroq Shimol bilan harbiy hamkorligini himoya qilib, Janubiy Koreya xavfsizligi manfaatlariga qarshi emasligini aytgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер