Janubiy Koreya sohillari yaqinida Rossiya kemasi yonib ketdi

13:28 26 Mart 2025 Dunyo
188 0

Foto: Yonhap

Janubiy Koreya qirgʻoqlarida Rossiyaning “Crystal Asia” kemasida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida 6 nafar Rossiya fuqarosi jabrlandi. Bu haqda Rossiyaning Pusandagi bosh konsulligi maʼlum qildi.

“2025-yilning 26-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:14da Kamchxon (Pusan) portidan 8 km uzoqlikdagi dengizda Rossiyaning “Crystal Asia” muzlatkichli kemasida yongʻin sodir boʻldi”, — deyiladi xabarda.

Maʼlum qilinishicha, hodisa sodir boʻlgan vaqtda kemadan 23 kishi boʻlgan, ulardan 22 nafari Rossiya fuqarosi hisoblanadi. Ular orasida jabrlanganlar bor. Barcha jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan. Pusan dengiz politsiyasi maʼlumotlariga koʻra, ikki nafar rossiyalikning ahvoli ogʻir.

Bungacha Tailandning Pxuket shahrida 35 nafar rossiyalik sayyoh boʻlgan avtobus halokatga uchragan edi. Ulardan toʻrt nafari yengil tan jarohatlari olib, tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun shifoxonaga olib ketilgan, biroq tez orada qoʻyib yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?